Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam
FOTOREPORTAJ
Navoiy shahridagi “Yoshlik” ko‘li bo‘yida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” nomli yurish marafoni o‘tkazildi.
Marafonda viloyat sport boshqarmasi, sport ta’limi yo‘nalishidagi muassasalar, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi xodimlari, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Ishtirokchilar ko‘l atrofida 5000 qadam bosib o‘tdi.
Tadbir doirasida shuningdek, velopoyga bahslari ham tashkil etildi.
[gallery-22230]
Sog‘lom turmush targ‘ibotiga qaratilgan bunday marafonlar viloyat bo‘ylab barcha hududlarda o‘tkazilmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA