“So‘g‘diyona-W” – “Paxtakor-W” – 10:1
Kuni kecha futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar chempionati oliy ligasida navbatdagi 15-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” professional futbol klubining qarorgohida “So‘g‘diyona-W” ayollar jamoasi Toshkent shahrining “Paxtakor-W” xotin-qizlar futbol klubini qabul qildi.
Uchrashuv maydon egalarining to‘liq ustunligida o‘tdi. Toshkentliklar darvozasiga Fuseina Mumuni 5 ta gol urib “foker” qayd etgan bo‘lsa, Mahliyo Sarikova 3 ta gol kiritib “xek trik”ka, Alberta Ahialey 2 ta goli bilan “dubl”ga erishdi.
“So‘g‘diyona-W”ning 10 ta goliga poytaxtliklardan Yekaterina Salnikova 11 metrlik penaltidan 1 gol bilan javob qaytardi.

15-tur “So‘g‘diyona-W” – “Paxtakor-W” yakuniy hisob – 10:1 jizzaxlik ayollar jamoasi foydasiga yakun topdi.
***
“So‘g‘diyona” nazorat uchrashuvida “Lokomotiv”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi
FIFA kunlari munosabati bilan futbol bo‘yicha (erkaklar) O‘zbekiston chempionati superligasida tanaffus yuzaga keldi va ushbu tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida mamlakatimiz jamoalari nazorat uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.
Ulug‘bek Baqoyev bosh murabbiyligidagi Jizzaxning “So‘g‘diyona” futbol klubi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuvda har ikkala jamoada gol kiritish uchun ko‘plab imkoniyatlar bo‘lgan bo‘lsada, futbolchilar bundan unumli foydalana olmadi.
Faqat o‘yinning 60-daqiqasida jizzaxliklar himoyachisi Elyor Oripov tomonidan kiritilgan gol bellashuv oxirigacha o‘z yagonaligini saqlab qoldi va “So‘g‘diyona” “Lokomotiv”ni kichik – 1:0 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
A.QAYUMOV, O‘zA