Slalomchilarimiz Osiyo chempionati shohsupasida
Taylandda slalomda eshkak eshish bo‘yicha 18 va 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida boshlangan qit’a chempionatiniing ilk kunida mamlakatimiz sportchilari oltin va bronza medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Doniyor Islomov 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar bahsida yakkalik kanoe yo‘nalishida eng yaxshi natija qayd etdi va barcha raqiblaridan chapdastligini namoyish etdi va oltin medalga ega chiqdi.


Chempionatda MKX3 dasturida qatnashgan uchlik bellashuvlarida vakillarimiz Shahobiddin Boltaboyev, Samandar Saydullayev va Doniyor Islomov shiddatli bahsda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqalar davom etmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA