Skandinavcha yurish, deganda ko‘pchilikda bu qanday yurish, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

 To‘g‘risini aytsam, sportning bu turi haqida ma’lumotga ko‘pam ega emasmiz. Yuqoridagi savolga javob topish maqsadida salomatlikka oid ma’lumotlarni o‘rganishga to‘g‘ri keldi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, Skandinavcha yurish bu sportning tayoq bilan yurish turi hisoblanib, bunda tayoqlarning balandligi to‘g‘ri tanlanishi muhim ekan. Bunday yurishda inson ko‘proq quvvat sarflaydi, chunki qo‘l, bel, ko‘krak mushaklarini ishga soladi.

Skandinavcha yurish mushaklarning faol qisqarishi tufayli qon aylanishini yaxshilab, yurak mushagi hujayralarida moddalar almashinuvini tezlashtirsa, umumiy qon aylanish tizimini faollashtirib, barcha turdagi mushaklarga kuchli og‘irlik tushirmas ekan.

Shuningdek, tayoq  bilan yurish odamning bel mushaklarini mustahkamlaydi, immunitetni ko‘taradi, stressdan xalos qiladi. Biroq ortiqcha vazn yoki oyoq bo‘g‘imlarida muammosi bor kishilar uchun bunday yurishning xavfli tomonlari bo‘lishi mumkinligidan shifokorlar ogohlantiradi.

Tayoq bilan yurish xuddi konkida uchgan kabi odamga adrenalin bag‘ishlashiga Turizm va sport vazirligi tashabbusi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida poytaxtning qoq markazida o‘tkazilgan «Skandinavcha yurish» marafonida guvoh bo‘ldim.  

Marafon ishtirokchilari tadbir avvalida O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga tashrif buyurib, muzey bo‘ylab kichik  sayohat uyushtirishdi. 300 nafarga yaqin ishtirokchi muzey ko‘chasidagi “start” chizig‘ida bir safga tizilishib, so‘ng harakatlanishni boshlashdi. Islom Karimov nomidagi ko‘cha bo‘ylab Xalqlar do‘stligi maydoni tomon harakatlanishdi. Marafonchilar bosib o‘tadigan masofa 4,6 kilometrni tashkil qildi.

– Ushbu marafon davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillashtirildi, –deydi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xodimi Otabek Eshmamatov. –- Marafonda 50-60, hattoki 85 yoshli onaxonlar ham ishtirok etishdi. Bir onaxondan yoshingiz nechchida, deb so‘rasam, 85 yoshdaman, deydi. Onaxon kuniga 10 kilometr yurmasa, o‘zini bardam, tetik hisoblamas ekan.  

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ommaviy sportga jalb etishdan iborat. Ibn Sino bobomiz ham inson qancha ko‘p harakatlansa, sog‘lom bo‘lishini o‘z risolalarida aytib o‘tgan.

Poytaxt ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, 4,6 kilometr masofani bosib o‘tgan  g‘oliblarga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Nigora Rahmonova, Alimurod Mamadaminov(surat), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Skandinavcha yurishning foydali jihatlari nimada?