Skaloni hazillashdi: “Yamalni xonasiga qamab qo‘ysak bo‘lardi”
U futbol uchun haqiqiy xazina.
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH–2026 finali oldidan Ispaniya vingeri Lamin Yamalni qanday to‘xtatish mumkinligi haqidagi savolga hazil bilan javob berdi.
"Hamma Ispaniya Messini qanday to‘xtatishi haqida so‘rayapti. Endi men sizdan so‘rayman: Argentina Yamalni qanday to‘xtatadi?
To‘g‘risi, uni xonasiga qamab qo‘yishni xohlardim, — dedi murabbiy kulib.
Shundan so‘ng Skaloni 19 yoshli futbolchiga yuqori baho berdi.
"Yamal — ajoyib futbolchi. U futbol uchun haqiqiy xazina. Hali juda yosh va oldinda uni katta faoliyat kutmoqda. U Ispaniyaga hali ko‘p quvonch ulashadi.
Ammo umid qilamizki, bu yakshanba kuni sodir bo‘lmaydi. U xuddi Messi kabi to‘xtatish juda qiyin bo‘lgan futbolchilardan biri", — dedi Skaloni matbuot anjumanida.