O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Qozog‘iston Respublikasining "Hurmat" ordeniga sazovor bo‘ldi.

Mamlakatimizda milliy adabiyotga ko‘rsatilayotgan e’tibor natijasida, keyingi yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining bir qator xorijiy davlatlar, shu jumladan,  turkiy  davlatlar bilan ijodiy aloqalari tobora kengaymoqda. Bu ijodiy munosabatlar yurtimiz va xorij qalamkashlarining asarlarini tarjima qilish, badiiy barkamol asarlar targ‘ibotini kengaytirish, milliy adabiyotimiz rivojida yangi taraqqiyot ufqlarini ochishda muhim omil bo‘lmoqda. Millatimiz faxri bo‘lgan shoir bobokalonlarimizning  muazzam haykallari xorijiy davlatlarda ham qad rostlamoqda.  

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida ilgari surilgan "Adabiy aloqalar - abadiy aloqalar" tamoyilining mustahkam qaror topishida, yangi adabiy-ma’rifiy loyihalarni, ilg‘or tashabbuslarni hayotga joriy etishda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashuv chog‘ida shu haqda batafsil so‘z yuritildi.  

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda  elchixona va uyushma vakillari ishtirok etdi.  

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida barcha jabhalar qatorida adabiy aloqalar ham tobora rivojlanib, mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi.

Tadbir davomida qardosh mamlakat elchisi B.Atamqulov  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushma raisi Sirojiddin Sayyidga Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qarori bilan tasdiqlangan “Hurmat” ordenini topshirdi.

Muloqot davomida har ikki tomon kelgusidagi adabiy-madaniy hamkorlik ishlariga tayyorligini ma’lum qildi va bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

N.Usmonova, 

Ahmad To‘ra (surat),O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirojiddin Sayyid Qozog‘iston Respublikasining “Hurmat” ordeni bilan taqdirlandi