Sirdaryolik tennischilar – peshqadam
Guliston shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha musobaqaning “A”, “B” va “S” ligalari respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan final bahslari yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida mezbon vakillari 7 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan 1-o‘rinni egalladi. Namangan viloyati jamoasiga 2-o‘rin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sportchilariga 3-o‘rin nasib qildi.
[gallery-18362]
Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev hamda viloyat sektorlar rahbarlari ishtirok etdi. Ular tomonidan musobaqa g‘olib va sovrindorlariga diplom, medal va noutbuk, shuningdek, har bir ishtirokchiga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” nizomiga muvofiq, “A” ligada 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan sirdaryolik sportchilar mahallalariga endilikda universal sport maydonlari qurib beriladi.
Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA