Sirdaryolik o‘quvchilar Ogahiy nomidagi ijod maktabida
FOTOREPORTAJ
Ma’lumki, ijod maktablari o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, ularni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy an’analar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “O‘quvchi almashish” dasturi yo‘lga qo‘yilgan.
Dastur doirasida Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabidan 10 nafar 9-sinf o‘quvchisi Xiva shahrida joylashgan Ogahiy nomidagi ijod maktabiga yetib keldi.
[gallery-14838]
Loyiha tizimda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, o‘quvchilarni sifatli ta’lim olishiga keng imkoniyat yaratish, hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy an’analar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish, o‘zaro fikr almashish, ijod maktablarining ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirib, ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadiga qaratilgan.
Bir hafta mobaynida sirdaryolik o‘quvchilar maktabdagi dars jarayonlarida faol ishtirok etish bilan birga, ko‘hna voha tarixi, madaniyati bilan yaqindan tanishadi, muqaddas qadamjolar, “Ichanqal’a” majmuasi, Urganch shahridagi o‘ziga xos beqiyos manzilgohga aylangan “Jaloliddin Manguberdi” maydoni, “Yoshlar kutubxonasi”ga sayohat qilib, ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA