Sirdaryoda qovun eksporti boshlandi
Sirdaryo qovunlari azaldan o‘z dovrug‘iga ega. Mirishkor dehqonlar qovun yetishtirish ishlarini rivojlantirish yo‘lida tinimsiz mehnat qilmoqda. Shu bilan birga qovunlarning yildan-yilga ertapishar, yangi navlari yaratilib, mo‘l hosil olinmoqda.
So‘nggi yillarda Sirdaryo qovuni nafaqat yurtimiz bozorlariga, balki chet ellarga ham eksport qilinib, ta’m-mazasi bilan xorijliklarni ham sevimli mahsulotiga aylanib ulgurgan.

Sirdaryo dalalarida bu yil ham dastlabki pishib yetilgan 53,7 tonna, qiymati 9,72 ming AQSH dollariga teng qovun mahsuloti xorijga eksport qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan 2021 yil davomida Sirdaryo viloyati hududidan 13,5 ming tonna, qiymati 4 mln. AQSH dollaridan ziyod qovun mahsulotlari eksport qilingan.
Shuhrat Suyarov, O‘zA