Sinovli kunlarni hamjihatlikda yengamiz
Oʻzbekistonda hech bir inson, hech bir oila davlat va jamiyatimiz eʼtibori va gʻamxoʻrligidan chetda
Munosabat
Oʻzbekistonda hech bir inson, hech bir oila davlat va jamiyatimiz eʼtibori va gʻamxoʻrligidan chetda qolmaydi.
Davlatimiz rahbari raisligida koronavirus pandemiyasini keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlarini barchamiz tingladik.Yurtboshimiz butun dunyo, insoniyat murakkab davrni boshdan kechirayotganligi xususida toʻxtalib, mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni jilovlash,aholi salomatligini himoya qilish uchun barcha choralar koʻrilayotganligini takidladi.
Sir emas, butun dunyoni tashvishga solayotgan ushbu kasallik bilan ogʻrigan, vafot etganlar soni ortib bormoqda. Mazkur vaziyatda tahlikaga tushmasdan,karantin qoidalariga katiy talab va intizom asosida amal qilinishi qaysidir manoda vaziyatning yengillashuvida asos boʻla oladi. Janubiy Koreyadan malakali shifokorlarning kelib, oʻz tajribalari bilan bemorlarni davolashda qatnashayotganligi, yaqin kunlar ichida bir guruh xitoylik mutaxassislarning yetib kelishi, shuningdek, vrachlarimizning xorijiy hamkasblari bilan videomuloqotining yoʻlga qoʻyilganligi, albatta yaqin kunlar ichida bu kasallikning bartaraf etilishida oʻz samarasini beradi.Koʻrilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida 38 nafar koronavirusga chalingan bemorlarning toʻliq sogʻayib, reabilitatsiyaga oʻtkazilganligi ham jonkuyar va olijanob shifokorlarimizning chinakam matonati,oʻz kasbiga sadoqati demakdir.
Mamlakatimizda ushbu xavfni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan tushuntirish va ogohlantirishlarga qaramasdan joylarda 22 mingdan ziyod karantin qoidalarining buzilganligi, 330 kishining karantin hududini tashlab ketgani va ayrim masʼuliyatsiz shaxslar tomonidan 24 ta turli ommaviy marosimlarning oʻtkazilganligini qanday izohlash joiz?!Bu kabi ishlarni sira oqlash mumkin emas.
Prezidentimiz: “Ishontirib aytamanki, koronavirus tarqab ketmasligi uchun davlat barcha choralarni koʻradi“,deya taʼkidladi.
Har birimiz ertangi kunga ishonch va masʼuliyatni chuqur anglagan holda ushbu xavfni ortda qoldirishimiz uchun kurashishimiz va eng muhimi mahallamiz, uyimiz va oilamizga olib kirmasligimiz lozim boʻladi.
Hozirgi qiyin vaziyatda yurtboshimiz tomonidan tadbirkorlarni faol qoʻllab- quvvatlash uchun muhim farmonga imzo chekilgani ham tadbirkorlar, hunarmand va fermerlarimiz, korxona rahbarlariga qator imtiyozlar berdi. Bu kabishart-sharoitlar va imkoniyatlardan samarali foydalanishlari talab etildi.
Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, Oʻzbekistonda hech bir inson, hech bir oila davlat va jamiyatimiz eʼtibori va gʻamxoʻrligidan chetda qolmaydi!
Albatta, sabr-bardoshli, olijanob vatandoshlarimiz bilan ushbu karantin, sinovli kunlardan chiqamiz va yana-da istiqbolli islohotlar yoʻlida birdamlikda ish yuritamiz.
Maqsud Muhammedov,
OʻzMTDP Buxoro viloyat kengashi raisi