Singapur aviakompaniyasi "Air India"ni moliyalashtirish uchun qat’iy shart qo‘ymoqda
“Reuters” yozishicha, "Singapore Airlines" aviakompaniyasi "Air India" korxonasini har qanday yangi moliyalashtirish uchun qat’iyroq shart qo‘yilishini talab qilmoqda.
Manbalar ta’kidlashicha, “Air India”ning asosiy aksiyadori “Tata Sons” bilan muzokara olib borish jarayonini kelishib olish lozim.
“Singapore Airlines” Hindiston investitsiyasi ichki resursdan foydalanishi mumkinligini ma’lum qildi. Singapur avia tashuvchisi iyun oyi oxirida 8,3 milliard dollar naqd pul zaxirasiga ega edi.
Singapur havo yo‘llari – “SiAL.Si” davlat sarmoyadori “Temasek Holdings” tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan yangi majmua ochdi. “Air India” jamoasi faoliyatiga mablag‘ kiritish ma’qullanishi oldidan kuchli boshqaruv huquqiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga intilish kutilmoqda.
Abdug‘afur Mamatov, O‘zA