Sindorov Nakamurani yengib, yetakchiligini mustahkamladi
Nomzodlar turnirining 5-turida Javohir Sindorov jahonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi Hikaru Nakamurani dog‘da qoldirdi.
AQSH vakili oq donalarda o‘ynaganiga qaramasdan hamyurtimiz Sindorovning qarshiligi oldida ojiz qoldi va mag‘lubiyatini tan oldi.
Mazkur g‘alabadan keyin Javohir Sindorov 4,5 ochko jamg‘argan holda Nomzodlar turniridagi yetakchiligini yanada mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi.

E’tiborli jihati, Sindorov ushbu muvaffaqiyati evaziga jahon reytingida beshinchi o‘ringa ko‘tarilishga erishdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA