Sindarov Javohir Sanjarbekovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Yangi O‘zbekiston shon-shuhratini xalqaro miqyosda yuksaltirishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, mamlakatimizda shaxmatni keng ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ushbu sport turini targ‘ib etish, navqiron avlod qalbida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari, shuningdek, Kiprda o‘tkazilgan Xalqaro shaxmat federatsiyasi Nomzodlar turnirida o‘zining yuksak intellektual salohiyati va professional mahoratini yaqqol namoyon etib, dunyoning eng kuchli grossmeysterlari orasida rekord natijalar ko‘rsatgani va muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgani uchun shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sindarov Javohir Sanjarbekovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev