"Silk Aiva" aviakompaniyasining uchinchi samolyoti Toshkentda kutib olindi
Uzbekistan Airports axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun, 26 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:05 da "Silk Aiva" mintaqaviy aviakompaniyasining uchinchi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Perronda bort va ekipajni Uzbekistan Airports va "Silk Aiva" kompaniyasi vakillari kutib olishdi.

Bu Bangkok Airways aviakompaniyasidan sotib olingan uchta ATR 72-600 samolyotlarining eng oxirgisi. Birinchi ikkita samolyot singari, ushbu samolyot ham Bangkokdan Toshkentga oltita to‘xtash bilan — Singapur, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarbayjon orqali uchgan.
Yaqin kunlarda samolyot amaldagi jadvalga muvofiq muntazam reyslarga kiritiladi. Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Silk Avia o‘zining ilk ko‘rgazmali parvozini Samarqand xalqaro aeroportiga amalga oshirgan.
Sh.Mamaturopova, O‘zA