Shveysariya harbiy dron bataloni tuzadi
Shveysariya 2028-yildan armiya tarkibida razvedka, harbiy amaliyot va mudofaa vazifasini bajaradigan maxsus dron bataloni tuzish rejasini e’lon qildi. Mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, buning uchun harbiy xizmatchilarni tanlash va tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus dastur ham yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, dron va robot texnikasi bo‘yicha fuqarolik-harbiy markazi ham tashkil etiladi. Mazkur tuzilma tarkibida texnologiya markazi va harbiy qo‘mondonlik faoliyat ko‘rsatadi. Yangi markazda ishlab chiqiladigan texnologiya sinovdan o‘tkazilib, qisqa muddatda armiya ehtiyojiga moslashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Dron, o‘zi uchar uchoqqa qarshi himoya tizimi va robot texnikasi ushbu mamlakat uchun “ustuvor yo‘nalish” sifatida belgiladi. Bu qaror so‘nggi yillarda qurolli mojarolarda drondan razvedka qilish, nishonni aniqlash va zarba berishda keng foydalanilayotgani bilan izohlangan. Harbiy ob’ekt va muhim infratuzilma uzra dron parvozi ko‘paygani ham qayd etilgan. Dronga qarshi ilk tizim allaqachon joriy qilingan.
An’anaviy ravishda qurollangan betaraflik siyosatini yuritadigan Shveysariyada erkaklar uchun majburiy harbiy xizmat saqlanib qolgan. Ushbu mamlakatning ildizi 1516-yilga taqaladigan betaraflik siyosati xalqaro miqyosda 1815-yil tan olingan.
Musulmon Ziyo, ЎзА