Şveysariya Ğazoda toşqindan jabr körgan oilalarga yordam ajratmoqçi
Şveysariya Taşqi işlar vazirligi Ğazo sektorida yuz bergan kuçli toşqinlar sababli öz uylarini tark etişga majbur bölgan minglab oilalar şoşilinç vaqtinçalik boşpanaga muhtojligini maʼlum qildi.
Vazirlikning “X” ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida öt oçiş töxtatilganiga qaramay, Ğazo sovuq qiş şaroitida Isroil hujumlari va qamal ostida qolayotgani taʼkidlangan.
Maʼlumotlarga köra, Şveysariya tomoni BMTning Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) orqali 3,5 mingga yaqin aholi uçun qişki jihozlar bilan taʼminlangan 300 ta oilaviy çodir va 2 mingta brezent qoplama hozirlab qöygan.
Bundan taşqari, mamlakat XMTning qöşma xaridlar dasturini qöllab-quvvatlaş uçun 2 million Şveysariya franki miqdorida mablağ ajratmoqda.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA