Shvetsiyalik askar o‘zining boshiga pichoq sanchib oldi
Shvetsiya Qirollik gvardiyasi xodimi Stokgolmdagi saroyda xizmat o‘tayotgan chog‘i sirg‘alib ketdi va natijada qo‘lidagi nayzasi bosh qismiga suqilib qoldi, deb yozdi “RIA Novosti”.
– Askar sirpanib ketib, noqulay yiqildi va nayza uning bosh qismiga sanchilib, qulog‘ining orqasidan teshib chiqdi, – deya Qurolli kuchlar matbuot kotibi Byorn Lindau so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.
Jabrlanuvchi kasalxonaga olib ketilgan, jarohat hayot uchun xavfli, deya baholangan. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng esa shifokorlar bemorning ahvoli barqaror, deyishdi.
– Sirpanchiq yerda qurolni olib yurish usuli yoki yurish qoidasini o‘zgartirishimiz mumkin, ammo nayzadan voz kechish nazarda tutilmagan, – deydi Qirollik gvardiyasi shtabi boshlig‘i Richard Bek-Friys.