Shvetsiya Ukrainaga qiruvchi samolyotlar beradi
Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson bayonot berishicha, Shvetsiya Ukrainaga dastlabki 16 ta “Jas 39 Gripen C/D” qiruvchi samolyotini jo‘natadi. Bu haqda Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Uchoqlar 2027-yil boshida yetkazib beriladi.
Zelenskiy o‘z navbatida 90 milliard yevrolik Yevropa Ittifoqi krediti evaziga barcha 150 ta “Gripen” qiruvchi samolyoti sotib olinishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiya nafaqat samolyotlar, balki tegishli qurol-aslaha, jumladan raqib uchoqlariga 200 km yoki yanada ko‘proq masofaga zarba bera oladigan “Meteor” raketalari ham yetkazib beradi.
“Gripen” yordamida Ukraina boshqariladigan havo bombalarini ishga tushiradigan Rossiya samolyotlarini ortga qaytarishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA