Shunqorlar musobaqasi
Jizzaxda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining mamlakat bosqichi boshlandi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 jamoa tarkibida 140 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.
Jizzaxda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining mamlakat bosqichi boshlandi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 jamoa tarkibida 140 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada yuksaltirish maqsadida o‘tkazilayotgan an’anaviy musobaqa ishtirokchilari merganlik, kross, turnikda tortilish, granata uloqtirish, to‘siqli yo‘laklardan o‘tish, joy topografiyasi kabi harbiy-sport hamda ijtimoiy-huquqiy tayyorgarlik, xorijiy til bilimdonligi singari shartlar bo‘yicha bahslashadi.
Musobaqaning dastlabki kuni ishtirokchilar Jizzax shahridagi Xotira xiyobonini ziyorat qildi, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida kursantlar hayoti bilan tanishdi.
Tadbirning ochilish marosimida ushbu an’anaviy musobaqa akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni muddatli harbiy xizmatga va harbiy bilim yurtiga o‘qishga kirishga tayyorlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Safda yurish, safda qo‘shiq aytish, albom va vimpellar tayyorlash, joy topografiyasi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalar davom etmoqda.