SHukuhli xalqaro konferensiya
Hozirgi kunda butun dunyo boʻylab global pandemiya hukm surishiga qaramasdan, ilm-fan yoʻlidagi izlanishlar bir lahza boʻlsa ham susaygani yoʻq.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Polshaning “Krakov texnologiya universiteti”, Turkiya davlatining “Karabuk” universitetlari hamkorligida 14-16-oktyabri kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan “1st International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering 2020” xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.
Hozirgi kunda butun dunyo boʻylab global pandemiya hukm surishiga qaramasdan, ilm-fan yoʻlidagi izlanishlar bir lahza boʻlsa ham susaygani yoʻq. Aksincha, bu davr mobaynida nazariya va amaliyotning oʻzaro integratsiyalashuvi yana-da kuchaydi, ilmiy izlanishlar soni salmoqli darajada ortdi.


Birgina mazkur konferensiyaga energetika, qurilish va qishloq xoʻjaligi sohasida xalqaro hamda yurtimiz olimlarining ilmiy-amaliy ishlari aks etgan 230 dan ziyod yuqori saviyadagi ilmiy maqolalar kelib tushgan boʻlib, ulardan 170 tasi saralab olindi. Asosiysi, 20 dan ortiq davlatlardan ilmiy maqolalar kelib tushganligi buning yaqqol isbotidir.
Mazkur xalqaro tadbirning asosiy maqsadi bugungi kunda energetika, qurilish va qishloq xoʻjaligi kabi har qaysi davlatning muhim sohalarida amaliyotga tadbiq etilayotgan zamonaviy ilgʻor texnologiyalar va ilmiy xulosalarni hamkorlikda oʻrganish hamda oʻzaro fikr almashinuvini taʼminlashdan iborat. Ushbu xalqaro konferensiya mazkur sohalarda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va yurtimiz olimlari, doktorantlari, tadqiqotchilarini birlashtiradi.


Rahimboy JUMANIYOZOV,
Institut matbuot xizmati rahbari