Shri-Lankada Prezident saylovi boʻlib oʻtmoqda
Bugun, 16-noyabr kuni Shri-Lankada Prezident saylovlari oʻtkazilmoqda.
Bugun, 16-noyabr kuni Shri-Lankada Prezident saylovlari oʻtkazilmoqda.
Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 07.00da boshlanib, 17.00gacha davom etadi. 16 million saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.
Saylov natijalari yakshanba yoki dushanba kuni eʼlon qilinadi.
Saylovda oʻttiz besh nomzod kurash olib boradi. Ular orasida ikkita buddaviy rohib, musulmon jamoasining toʻrt va diniy ozchilikning ikki vakili bor. Bir nafar ayol nomzod ham saylovda qatnashmoqda.
Shri –Lankaning amaldagi davlat rahbari qayta saylanishga xohish bildirmagan. Mamlakat Bosh vaziri Ranil Vekramasingh ham prezidentlik poygasida qatnashmaydi. Asosiy kurash Shri-Lankadagi muxolifat Xalq fronti vakili Gotabay Rajapaksa va hukmron Birlashgan milliy partiyadan Sajit Premadasa oʻrtasida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Shri-Lankada davlat rahbari besh yillik muddatga saylanadi.