Shohjahonga guvohnoma topshirildi
Navoiy shahar adliya bo‘limi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida aholiga huquqiy va amaliy ko‘mak berib kelinmoqda.
Shohjahon Rahmonov 11 yoshda. Ayni paytda u Navoiy viloyati onkologiya shifoxonasida davolanmoqda. Shu kunga qadar u tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega emasdi.

Aksiya doirasida unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirildi. Shohjahonga ilk hujjatni FHDYO xodimlari kasalxonada topshirdi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri