Shohjahon Ergashev 23-avgust kuni ringga koʻtariladi
AQSHning Oklaxoma shtati Broken-Errou shahrida joriy yilning 23-avgust kuni “Showtime” telekanali tomonidan boks kechasi tashkillashtiriladi.
AQSHning Oklaxoma shtati Broken-Errou shahrida joriy yilning 23-avgust kuni “Showtime” telekanali tomonidan boks kechasi tashkillashtiriladi.
Mazkur kechada yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev oʻzining 17 jangini oʻtkazadi. Unda bokschimizga meksikalik Abdiyel Ramirez qarshilik koʻrsatadi. Shohjahon va Abdiyel oʻrtasida oʻtkaziladigan bahs 10 raund boʻladi.
Maʼlumot uchun, 28 yoshli A.Ramirez soʻnggi marotaba joriy yilning 23-mart kuni amerikalik Xaviyer Molinaga qarshi ringga koʻtarilib magʻlubiyatga uchragan.