Shobduraximova Umriniso Toxirovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari” mavzusida
Shobduraximova Umriniso Toxirovnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarda yetakchilik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 8-iyul kuni soat 08:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; Faks: (99871) 276-76-51;
e-mail: kengash@edu.uz