Şerobod anorlari jahon bozorida öz örnini topmoqda
Surxondaryo viloyati Şerobod tumani anorçilik rivojlangan hududlardan biri hisoblanadi. Bu yerda yetiştirilayotgan sarxil anorlar nafaqat içki bozorda, balki xorijiy mamlakatlarda ham öz xaridorlariga ega bölmoqda.
Keyingi yillarda tumanda anorzorlar maydonini kengaytiriş, hosildorlikni oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş va eksport salohiyatini yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Maʼlumotlarga köra, Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari Şerobod tumani hissasiga töğri keladi. Bu tumanda mavjud 5 ming 619 gektar boğ maydonining qariyb 90 foizini taşkil etadi.
Anorçilik tuman aholisining muhim daromad manbalaridan biriga aylangan. Xususan, hududdagi 48 ming xonadonning qariyb 16 mingtasida tomorqa yerlarida anor parvarişlanmoqda. Ayrim oilalar uçun bu qöşimça daromad manbai bölsa, boşqalar anor yetiştirişni tadbirkorlik darajasiga olib çiqqan.
Soha rivojida fermer va tadbirkorlarga yaratilayotgan şart-şaroitlar ham muhim ahamiyat kasb etyapti. Jumladan, 2020-yildan boşlab boğdorçilik uçun yer maydonlari ajratiş borasidagi imkoniyatlar kengayişi yangi anorzorlar barpo etişga turtki berdi.
Davlatimiz rahbarining 2021-yilda Surxondaryo viloyatiga taşrifi çoğida Şeroboddagi anor boğlari bilan tanişib, yetiştiruvçilar bilan muloqot qilgani ham uşbu yönalişni yanada rivojlantirişga xizmat qildi.
— Ilgari boğdorçilik uçun yer oliş ança murakkab edi, - deydi Surxondaryo viloyati «Anorçilik» uyuşmasi rahbari Şuhrat Örinov. — Keyingi yillarda yaratilgan imkoniyatlar tufayli yangi anorzorlar taşkil etildi. Bugun Şerobod tumanida anorçilikka ixtisoslaşgan 100 ga yaqin fermer xöjaligi faoliyat yuritmoqda. Bu esa aholi bandligini taʼminlaş, oilalar daromadini oşiriş va hudud iqtisodiyotini rivojlantirişda muhim örin tutmoqda.
Tumandagi ilğor xöjaliklardan biri tadbirkor Sarvar Allanazarovga tegişli. U 2021-yilda aka-ukalari bilan birgalikda 43 gektar maydonda anor boği barpo etgan. Ayni paytda mazkur boğda 28 ming tup anor daraxti parvarişlanmoqda.
— Boğimizda har gektardan örtaça 45–50 tonna hosil olyapmiz, - deydi Sarvar Allanazarov. — Joriy mavsumda jami hosil hajmi 1 ming tonnaga yetişini kutyapmiz. Xöjaligimizda 12 nafar işçi doimiy mehnat qiladi. Şuningdek, yilning sakkiz oyi davomida 200 nafarga yaqin mavsumiy işçini iş bilan taʼminlaymiz.
Darhaqiqat, anorçilik rivoji qişloq joylarda aholi bandligini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş va tadbirkorlikni kengaytirişda muhim omil bölmoqda.
Şerobod anorlari öziga xos taʼmi va sifati bilan taşqi bozorlarda ham xaridorgir. Hududda yetiştirilgan mahsulotlar Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Joriy mavsumda tumanda 87 ming 500 tonna anor hosili yiğib olinişi kutilmoqda. Uning 30–40 foizini eksportga yönaltiriş rejalaştirilgan.
Yetiştirilgan mahsulotni saralaş, saqlaş va taşqi bozorlarga yetkazib beriş maqsadida hududda logistika markazlari ham taşkil etilgan. Bu esa hosil sifatini saqlaş, eksport hajmini oşiriş va mahsulot yetkazib beriş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilmoqda.
[gallery-32321]
Bugun Şerobodda anorçilik istiqbolli qişloq xöjaligi tarmoği sifatida tobora rivojlanmoqda. Kengayib borayotgan anorzorlar, yaratilayotgan iş örinlari va taşqi bozorlarga çiqarilayotgan mahsulotlar hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltiriş bilan birga, aholi farovonligini oşirişga ham hissa qöşmoqda.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA