“Shayboniynoma” dostonida ritmik variatsiya
Shahnoza Muhitdinovna RAHMONOVA doktorant Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston shahnoza@navoiy-uni.uz
Annotatsiya
Mazkur maqolada Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostonida ritmik variatsiya masalasi dostonning janr imkoniyatlari, vazn xususiyatlari, mazmun takomili va qofiya tizimi bilan bog‘liqlikda o‘rganilgan. Jangnoma yo‘nalishidagi mazkur asarning shoir ijodidagi o‘rni tadqiq etilgan. “Shayboniynoma”da foilotun aslining maxbun tarmog‘iga xos bo‘lgan ko‘pvaznlilikning o‘ziga xos jihatlari tahlilga tortilgan.
Tayanch so‘zlar: doston, janr, vazn, ramal, ko‘pvaznlilik, ritmik variatsiya.