Shaxsiy video tasvirlardan ehtiyot bo‘ling...
Fuqarodan tovlamachilik yo‘li bilan 150 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs qo‘lga tushdi.
Fuqarodan tovlamachilik yo‘li bilan 150 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs qo‘lga tushdi.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 34 yoshli A.A. viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan telefon raqamiga ochilgan “Telegramm” ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, undan 150 ming AQSh dollarini talab qilayotganligini ma’lum qilgan.
3 fevral kuni Farg‘ona viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona shahrida yashovchi, 31 yoshli fuqaro Q.Sh. arizachi A.A.dan Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni yonida 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.
Hozirda Farg‘ona shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Q.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.