Shaxsiy qabulda muammolar yechim topdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Sultonovaning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Ma’lumki, fuqarolarning dardini tinglash va muammolariga qonuniy yechim topish davlat idoralari faoliyatining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Muammolarni bevosita joyida tinglash va tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish maqsadida barcha hududlarda sayyor va doimiy qabullar tashkil etilmoqda.

Shu maqsadda tashkil etilgan qabulda fuqarolarning bandlik, oilaviy nizo va uning natijasida ayollarning haq-huquqini himoyalashga oid murojaatlari batafsil ko‘rib chiqildi. Unda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA