Shaxmatchilarimizning reyting ko‘rsatkichi yuksaldi
Samarqandda poyoniga yetgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida jamoalar va alohida shaxmatchilar erishgan natijalardan so‘ng ularning reyting ko‘rsatkichlarida bir qator o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Jumladan, Olimpiada yakuniga ko‘ra, FIDE reytingida 2700 ballga ega elita shaxmatchilar orasida eng katta o‘sish hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyevga tegishli bo‘ldi.
11 ta turdan iborat shaxmat olimpiadasida ajoyib o‘yin namoyish etgan Yoqubboyev +26,7 ochko jamg‘ardi. Bu, uning umumiy ballari soni 2711,7 ga yetishiga olib keldi.
Terma jamoamiz sardori Nodirbek Abdusattorov +17,5 ochko bilan ro‘yxatda 2-o‘rindan joy oldi. Reyting ochkosi esa 2779,5 ga yetdi. Jahon shaxmat tojiga da’vogar Javohir Sindorov +3,5 ball, 2781,5 reyting ko‘rsatkichi bilan TOP-10da qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, olimpiadadagi natijalar asosida Xalqaro shaxmat federatsiyasining sentabr oyi ko‘rsatkichlariga asoslangan yangi reytingi oktabr oyining ilk kunlarida e’lon qilinadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA