Shaxmatchi yoshlarimiz Tojikistonda sovrindor bo‘ldi
Tojikistonning Xo‘jand shahrida shaxmat bo‘yicha Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Navro‘z” xalqaro turnirida mamlakatimizning “aql gimnastikasi” vakillari sovrinli o‘rinlarni egalladi.
6 ta davlatdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz shaxmatchi yoshlar ishtirokida rapid tizimida tashkil etilgan bahslarda O‘zbekiston sharafini o‘g‘il bolalar o‘rtasida Shohjahon Mamatsalayev hamda qizlar o‘rtasida Malika Jumayeva munosib himoya qildi.
Murosasiz kechgan musobaqalar yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA