Shaxmat: Rustam Qosimjonov “Shusha Chess-2022” turnirida qatnashmoqda
Shu kunlarda Ozarbayjonning Shusha shahrida shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilayotgan “Shusha Chess-2022” turnirida dunyoning yetakchi grossmeysterlari qatori mamlakatimizning eng nomdor shaxmatchilaridan biri Rustam Qosimjonov ham g‘oliblik uchun dona surmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 88 ming 200 AQSH dollari bo‘lgan mazkur turnir rapid va tezkor shaxmat yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. Bugun tezkor shaxmat bo‘yicha musobaqaning 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda Qosimjonov ozarbayjonlik Rauf Mamedov bilan bahs yuritdi. Oq donalarda harakatlangan Qosimjonov murakkab o‘yinda durangga erishdi.

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: Shahriyar Shaxriyor Mamed’yarov (Ozarbayjon) – Gadir Husaynov (Ozarbayjon) -1:0, Temur Rajabov – Parham Magsudlu (Eron)-0,5:0,5, Vasif Durarbeyli (Ozarbayjon) – Xao Vang (Xitoy)-1:0, Mustafo Yilmaz (Turkiya) – Santosh Gudjrati Vidit (Hindiston) -0:1,
Bahslar 24 sentyabrga qadar davom etadi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA