Shaxmat: O‘zbekiston jamoasi “Central and North Asian Chess Championship 2026” g‘olibi
Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida poyoniga yetgan “Central and North Asian Chess Championship 2026” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 11 ta medallar shodasini qo‘lga kiritdi.
Shaxmat bo‘yicha 2026-yilgi Markaziy va Shimoliy Osiyo chempionatining standart yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasi jamoaviy hisobda 4 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarga egalik qilgan holda peshqadamlikka erishgan bo‘lsa, 4 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medal jamg‘argan Qozog‘iston jamoasi 2-o‘rinni egalladi, 3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalli bo‘lgan Qirg‘iziston jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.
Mahoratli shaxmatchilarimizdan Sayfuddin Erkinboyev(U10), Ibrohim Jumanazarov(U12), Malika Norqulova(U12), Zilola Aktamova(U18) o‘z yosh toifalarida “Central and North Asian Chess Championship 2026” chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi.
Shuningdek, Komiljon Murtazayev(U8), Fazliddin Farhodov(U10), Akbar Mustafaqulov(U12), Shavkatjon Abduholikov(U14), Malika Jo‘mayeva(U16) kumush, Hondamir Elmirzayev(U20) va Nigina Hudoyberdiyeva(U10) bronza medallari bilan taqdirlandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA