Shaxmat bo‘yicha "Markaziy Osiyo kubogi" davom etmoqda
Fotoreportaj
Poytaxtimizda umumiy mukofot jamg‘armasi 18 ming AQSH dollari bo‘lgan “Central Asia Chess Cup 2023” xalqaro shaxmat turniri davom etmoqda.
[gallery-10339]
Turnirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 57 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Musobaqaning 6 ta turi ortda qoldi. Uning natijalariga ko‘ra, hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov 6 imkoniyatdan 5,5 ochko to‘plagan holda peshqadam bo‘lib turibdi. Peshqadamdan keyingi o‘rinlarni 7 shaxmatchi egallagan. Barchasida bir xil natija: 4,5 ochko. Ular Ortiq Nig‘matov, Saidakbar Saydaliyev, Bobir Sattorov (O‘zbekiston), Azamat Utegaliyev, Ramazon Shalmaxanov, Murtas Kashgaliyev (Qozog‘iston), Mustafaxo‘ja Husenxo‘jayev (Tojikiston). Qizlar orasida 4 ochko bilan Nilufar Yoqubboyeva (O‘zbekiston) peshqadamlikni saqlab turibdi.
"Markaziy Osiyo kubogi" 24 yanvarga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA