Shaxmat bo‘yicha jahon chempionati Samarqandda bo‘ladi
Samarqand shahri 25-30 dekabr kunlari shaxmatning blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ilk jahon chempionati 2017 yil 25-31 dekabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida, V jahon chempionati esa 2022 yil 25-31 dekabr kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tkazilgan.
Samarqandda o‘tadigan VI jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi bir million AQSH долларини tashkil etadi. VI jahon chempionatida dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turgan grossmeysterlar Magnus Karlsen, Daniil Dubov, Nodirbek Abdusattarov, Gukesh Dommaradju, Vinsent Kaymer, Shaxriyar Mamedyarov, Yan-Kshishtov Duda, Yu Yan’i, Maksim Vashe-Lagrav, Levon Arонянларнинг ishtirok etishi kutilmoqda.
Joriy yilning 22 dekabr kuniga qadar Samarqandga 16 nafar mehmon tashrif buyurdi.
Chempionat ochilish marosimi 25 dekabr kuni o‘tkaziladi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri