Sharq – G‘arb xalqaro transport koridorining geoiqtisodiy salohiyatini oshirishning innovatsion mexanizmlari
Zumrat Talatovna GAIBNAZAROVA professor iqtisodiyot fanlari doktori Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toshkent, Oʻzbekiston e-mail: zumrat59@rambler.ru
Annotatsiya
Maqolada Sharq–G‘arb xalqaro transport koridorining geoiqtisodiy salohiyatini oshirishning innovatsion mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda transport-logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, multimodal tashuvlarni rivojlantirish, logistika xizmatlari sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda raqamli texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt, Big Data, IoT va blokcheyn yechimlarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, koridorning tranzit jozibadorligini oshirish, yuk oqimlarini optimallashtirish, bojxona va chegara tartib-taomillarini raqamlashtirish hamda davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida Sharq–G‘arb xalqaro transport koridorining raqobatbardoshligini oshirish, mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash va xalqaro savdo hajmini kengaytirishga xizmat qiluvchi innovatsion taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tayanch so‘zlar: Sharq–G‘arb xalqaro transport koridori, geoiqtisodiyot, transport infratuzilmasi, logistika, raqamlashtirish, multimodal tashuvlar, innovatsiyalar, sun’iy intellekt, blokcheyn, tranzit salohiyati.