Shanxayda Jahon kasb mahorati ko‘rgazmasi ochildi
Shanxaydagi Milliy kongress-ko‘rgazma markazida ochilgan Jahon hunarmandlik ko‘rgazmasida butun dunyodan mahsulotlar namoyish qilinmoqda.
“Sinxua” axborot agentligi xabariga ko‘ra, mazkur tadbir “World Skills Competition” kasbiy mahorat bo‘yicha 48-jahon chempionati doirasida o‘tkazilmoqda.
Anjuman mamlakatlar, hududlar va korxonalar o‘rtasidagi almashinuv uchun qulay maydon yaratib, ilg‘or texnologiya ishlab chiqarish sohasidagi global yutuqlar, noyob an’anaviy va o‘ziga xos mahsulotlarni namoyish etmoqda.
A.Mamatov, O‘zA