Shahar tarixining ajralmas qismi
Termiz shahriga kelgan kishi borki, markaziy maydonda qad rostlagan salobatli katta soatga e’tibor qaratadi.Inshoot shahar tarixining bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan.
Termiz shahriga kelgan kishi borki, markaziy maydonda qad rostlagan salobatli katta soatga e’tibor qaratadi.Inshoot shahar tarixining bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan.
Mahalliy xalq tilida “kurant” deb ataladigan inshoot 1981-1983 yillarda qurilgan. Soat armanistonlik mahoratli ustalar mehnatining mahsuli. Qizig‘i shundaki, 1983 yildan 2015 yilgacha uni bir kishi, ya’ni Volodya Perepay boshqargan. Undan so‘ng vaqtni to‘g‘ri taqsimlash ishiga Ismatulla Amonov va Nurali Qo‘shoqov mas’ul bo‘ldi. Bugungi kunda kurant “Uzi-Termiz” filiali tasarrufida bo‘lib, uzluksiz holda to‘rt tomondan aniq vaqtni ko‘rsatib kelmoqda.

