Sergey Fomin nufuzli turnirda chempion bo‘ldi
Qozog‘istonning Chimkent shahrida “Challenger 50” toifasiga kiruvchi xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi. Unda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Sergey Fomin nufuzli turnirning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida qozog‘istonlik Timofey Skatovga qarshi kortga chiqdi. Musobaqa g‘olibligi uchun o‘tgan ushbu uchrashuvda tennischimiz 6:3, 7:5 hisobida zafar quchib, turnir chempioniga aylandi.

Shu tarika, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan Sergey Fomin tashkilotchilar tomonidan 50 ATP reyting ochkosi va 9 ming 500 AQSH dollari mukofot pulini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA