Sergelida yoshlar festivali
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida poytaxtimizning Sergeli tumanidagi xiyobon, sayilgoh va ochiq maydonlarda haftaning shanba va yakshanba kunlari “Sergeli yoshlarni sevadi” shiori ostida yoshlar festivallari o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi tadbir tumanning 7-mavzesida bo‘lib o‘tdi. Unda 2 mingdan ziyod yoshlar qatnashdi.
Ta’kidlash joiz, tumanda 172 ming 213 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 67 ming 800 dan ziyodini yoshlar tashkil etadi. “Yoshlar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha hozirgacha 33 ta mahalla kesimida 40 ming 949 xonadon xatlovdan o‘tkazildi. Dastlabki xatlov natijalariga ko‘ra, turli muammolari mavjud bo‘lgan 1077 nafar uyushmagan yosh aniqlandi. Ularning qiziqishiga qarab ishga joylashtirish, kasbga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, hunarga o‘rgatish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Yuqori saviyada tashkil etilgan yoshlar festivalida el ardog‘idagi san’atkorlar hamda yosh iste’dodlar tomonidan diltortar kuy va qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.
[gallery-1052]
Oybek PARDAEV (surat), O‘zA