Sent-Vinset orolida kuchli vulqon otildi
Sharqiy Karib dengizida joylashgan Sent-Vinsent orolida La Grand Sufrer vulqoni otila boshladi.
Aniq bo‘lishicha, 16 mingdan ziyod odam zudlik bilan xavfsiz hududga ko‘chirilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra evakuatsiya qilingan aholi “kruiz” kemalarida orolning zararsiz joylariga vaqtinchalik ko‘chirilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, bu 1979 yildan buyon Sent-Vinsentdagi birinchi vulqon otilishi edi. Bundan tashqari, 1902 yilda ham ofat kuzatilgan. O‘shanda mingdan ortiq odam halok bo‘lgan edi.
O‘zA