Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi federatsiya uning oldidagi qarzdorligini to'lamaguncha samalyotga chiqishdan bosh tortgan
Bosh murabbiy AQSHga uchishi kerak bo‘lgan reysning jo‘nab ketishini 3 soatga kechiktirgan.
Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi Pape Tyav futbol federatsiyasi undan bo‘lgan qarzdorlikni uzgunga qadar va yangi shartnoma imzolamaguncha, jamoa bilan birga samolyotga chiqishdan bosh tortdi.
Gap shundaki, Moskvaning «Dinamo» klubi sobiq futbolchisi terma jamoada amalda hech qanday maoshsiz ishlab kelgan, chunki uning avvalgi mehnat bitimi shu yilning fevral oyidayoq yakuniga yetgan edi. Senegal futbol federatsiyasi masalani oxirgi paytgacha paysalga solib, murabbiy bilan shartnomani uzaytirmadi. Shu bois, Tyavning bunday demarshini (norozilik namoyishini) tushunish mumkin. Bosh murabbiy AQShga uchishi kerak bo‘lgan reysning jo‘nab ketishini 3 soatga kechiktirgan. Shundan so‘ng vaziyatga mamlakat prezidenti aralashib, mutaxassis oldidagi moliyaviy qarzdorlikni yopish va yangi shartnoma imzolanishini shaxsan o‘z nazoratiga olishga va’da berdi.Afrika futbolidagi tartibsizliklar an’anaviy tarzda yana davom etmoqda.