Senat yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Bugun – 2022 yil 13 iyun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisi boshlandi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva boshqarayotgan majlis videokonferens-aloqa shaklida bo‘lib o‘tmoqda.
Yalpi majlisni Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoni yaratilgan.
Majlis kun tartibiga beshta qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash to‘g‘risidagi masala kiritilgan.
Ko‘riladigan masalalar ichida «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida», «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi yangi qonunlar bor.
Bundan tashqari, «Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida», «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.
O‘zA