Seminar: uzumchilikda xalqaro tajriba
Buxoro davlat universitetida qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi xorijiy olimlar ishtirokida ilmiy seminar o‘tkazildi.
Unda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev, Avstriya, Germaniya, Vengriya, Germaniyalik mutaxassislar ishtirok etdi.
Tashrif avvalida BuxDU rektori O.Hamidov mehmonlar bilan uchrashdi. Seminarda “Agroturizmni rivojlantirishda vino ishlab chiqaruvchilarning roli”, “Qishloq xo‘jaligi ekinlarning monitoringi”, “Uzumzor dizayni, asosiy qadamlar”, “Oltingugurt dioksidi va vino tarkibidagi biogen amin miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik”, “Uzum ko‘chatlarni yetishtirishda Vengriya texnologiyasi”, “Uzumchilikni rivojlantirishda mexanizatsiya va avtomatizatsiya roli” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.
[gallery-4089]
Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O‘zA