Sayyor qabullar natijasi qanday boʻldi?
Sirdaryo viloyatida hududiy adliya organlarining fuqarolar uchun sayyor qabullari oʻtkazildi.
Sirdaryo viloyatida hududiy adliya organlarining fuqarolar uchun sayyor qabullari oʻtkazildi.
Har bir murojaat ortida inson manfaati, unga bogʻliq masalani hal etish masʼuliyati turibdi. Fuqarolarimiz tomonidan koʻtarilgan masalaning nechogʻlik qamrovidan qatʼiy nazar, unda inson taqdiri mavjudligini unutmaslik lozim.
Keyingi uch yil ichida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining xalq bilan muloqoti orqali aholiga yaqinlashgani yaqqol sezildi. Ayniqsa, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari aholi xonadonlariga kirib, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni oʻrganishi, ushbu masalalarning koʻpchiligi aslida respublika darajasida koʻtargulik emasligini, faqatgina mahalliy amaldorlarning oʻz vazifalariga astoydil yondashishlarini taqozo etayotganligi kuzatilayotgani ham bor haqiqat.
Bu borada Adliya vazirligi rahbariyatidan tortib to quyi tizim – tuman-shahar adliya boʻlimlari rahbarlarining sayyor qabullari aytishga arzigulik natijalar berayotganini ham alohida taʼkidlash joiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining joriy yil 27-noyabrdagi topshirigʻiga koʻra, quyi idoralarda aholining murojaatlari bilan ishlash holati hamda masʼul xodimlar xatti-harakatlari boʻyicha shikoyatlar kelib chiqish sabablarini joylarga chiqqan holda oʻrganish belgilanganligini inobatga olib, aholining davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada oshirish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman-shahar adliya boʻlimlari rahbarlari tomonidan eng koʻp murojaatlar kelib tushayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 17-19-dekabr kunlari hududlarda ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi.
Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida fuqarolardan 247 ta kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, koʻchalarni taʼmirlash, tabiiy gaz, elektr, suv taʼminoti, kredit ajratish, ish bilan taʼminlash, aliment undirish, uy-joy bilan taʼminlash, egalik huquqini belgilash, moddiy yordam, oilaviy muammolar, tibbiy xizmat, mansabdor shaxslarining xatti-harakatidan norozilik, saylovga oid masalalar, kommunal toʻlovlar, meros, yer uchastkasi va boshqa masalalardan iborat boʻldi.
Sayyor qabullarni oʻtkazish jarayonida 115 murojaatlar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan 132 murojaatlar boʻyicha arizalar oʻrganish va bartaraf etilishi uchun vaqt talab qilganligi sababli, aniq topshiriq va muddat belgilanib mutasaddilar zimmasiga yuklatildi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari I.Qudratov rahbarligida viloyat adliya boshqarmasi, tuman adliya boʻlimi, sud, prokuratura, ichki ishlar, majburiy ijro, soliq, tibbiyot, taʼlim va boshqa mutasaddi sohalar vakillari bilan hamkorlikda Boyovut tumanidagi “ Iftixor“ va “Doʻstlik“ mahalla fuqarolar yigʻinlarida hamda Guliston tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Qabul jarayonida fuqarolardan 26 ta murojaat qabul qilindi. Ularning 9 tasi boʻyicha joyida huquqiy maslahatlar berilib, oʻrganish talab etiladigan 17 ta murojaat belgilangan tartibda kirim qilindi va ijroga qaratildi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari S.Togʻayev rahbarligida viloyatning Yangiyer va Shirin shaharlarida barcha sektor rahbarlari va mutasaddi idoralar rahbar va masʼul xodimlari bilan hamkorlikda sayyor qabullar tashkil etilib, ishtirokchi fuqarolardan jami 38 ta murojaat qabul qilindi.
Tushgan murojaatlarning 19 tasi boʻyicha joyida huquqiy tushuntirish berilishi taʼminlandi. Shuningdek, oʻrganish talab etiladigan 19 ta murojaatlar belgilangan tartibda kirim qilinib, ijrosi yuzasidan masʼul rahbarlar topshiriqlar berilib, aniq muddat belgilandi.
Bulardan tashqari, viloyatning barcha tuman va shaharlarida fuqarolar uchun sayyor qabullar tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.