Sayyor qabulda muammolar nazoratga olindi
Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Latifjon Ahmadjonov viloyat, shahar va tumanlarning ko‘zi ojizlar jamiyati rahbarlari va vakillari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun va mohiyati, ularning samaralari, inson qadrini ulug‘lash, nogironlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z bordi.

Uchrashuvda jamiyat a’zolarining murojaatlari tinglanib, ular tomonidan ko‘tarilgan muammolar va qiynab kelayotgan masalalar o‘rganildi. Muammolar yechimi ijroga qaratilib, mutasaddilarga topshiriqlar berildi va qat’iy nazoratga olindi.
Tadbir so‘ngida o‘z yo‘nalishida yaxshi natijalarga erishgan jamiyat a’zolari rag‘batlantirildi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA