Mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan elparvar tamoyil asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini bermoqda. Bu borada joylarda turli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbarining aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilishga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov Namangan shahridagi Amir Temur mahallasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda Prezidentning Namangan shahridagi Xalq qabulxonasi, shahar hokimligi, Majburiy ijro byurosi, Bandlikka ko‘maklashish markazi, elektr va gaz ta’minoti korxonalari, tibbiyot birlashmasi, Yoshlar ishlari agentligi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, xalq ta’limi hamda maktabgacha ta’lim bo‘limlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Qabulda fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, davolanish, ishga joylashtirish, suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlash, hududni obodonlashtirish kabi yigirmaga yaqin masalalarda murojaati tinglandi. Mavjud muammolarni Namangan shahar hokimi G‘ofurjon Jamolov ko‘magida amaliy hal etish choralari belgilab olindi.

Mahallaning Jiydakapa ko‘chasida istiqomat qiluvchi Abdurahmon Yunusov 22-sonli umumta’lim maktabiga tutash ko‘chada keyingi paytlarda transport qatnovida muammolar yuzaga kelgani sababli svetofor o‘rnatishga ehtiyoj katta ekanligini, ayniqsa o‘quvchilar qiynalayotganini bildirdi.

Muazzam Boltaboyeva 9 yoshli farzandi borligini aytib alohida uy-joy bilan ta’minlash borasida yordam so‘radi. Unga buning uchun eng avvalo, daromad manbaiga ega bo‘lish zarurligi qayd etilib, fuqaroni kichik sanoat zonasidagi ishlab chiqarish korxonasiga ishga joylash nazoratga olindi. Jiydakapa 11-berk ko‘cha, 6-uyda yashovchi Nabixon Mamadiyev hududni asfaltlash kerakligi, yo‘llar abgor holga kelganligini aytib, amaliy yordam so‘radi. Sayyor qabulda shu kabi e’tiborga muhtoj yo‘llar va ko‘chalarni obodonlashtirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan “Ochiq byudjet” muhokamasi portaliga qo‘yilishi hamda unda odamlarning yakdilligini tasdiqlovchi ovozlar to‘planishi zarurligi bildirib o‘tildi. 3-o‘tish yo‘li, Jiydakapa ko‘chasi, 4-uyda yashovchi Xolida Qutbiddinova o‘g‘li 13 yildan beri geppatit V xastaligi bilan og‘riyotgani, keyingi paytlarda davolanishda biroz moddiy yetishmovchiliklar yuzaga kelganligini bayon qildi. Bemor shu joyni o‘zida shahar hokimligi va tibbiyot birlashmasi tomonidan nazoratga olinib, belgilangan muddatlarda muolaja olish choralari ko‘riladigan bo‘ldi.

Sayyor qabulda suyultirilgan gaz ballonga ehtiyoji borligini ma’lum qilgan ikki nafar fuqaro – Mahbuba Mirhodiyeva, Dehqonboy Tursunovlarning murojaatlari ijobiy hal etildi. “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan ularga hujjatlari rasmiylashtirilgan holda suyuq gaz bilan to‘ldirilgan gaz ballonlari yetkazildi.

Muloqot yakunida tobora chiroy ochib borayotgan, inson qadri ulug‘lanayotgan yurtimizda yuz berayotgan hayotbaxsh islohotlarga daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligi ta’kidlandi.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sayyor qabul: islohotlarga daxldorlik hissi