Sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari nazoratda
Oliy sud raisi o‘rinbosari Shuhrat Polvonov boshchiligida Buxoro viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 86 nafar fuqaroning murojaatlari qabul qilinib, shundan, 57 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat qanoatlantirildi. 26 ta shikoyat va ariza qonuniy ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

Shu kuni jazo o‘tayotgan 23 nafar shaxs taqdimnoma va iltimosnomalar asosida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.


Shuningdek, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash bo‘yicha 3 ta ariza qanoatlantirildi. Ajrashish yoqasiga kelib qolgan 4 ta oila yarashtirildi. Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 11 ta tadbirkorlik sub’ektining da’vo arizalari bo‘yicha da’vogarlar hisobiga 4 281 425 895 so‘m mablag‘ undirilishi belgilandi.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri.