Saylovlar yuksak saviyada oʻtadi
Termizda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Termizda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatlari, Oliy Majlis Senatiga viloyatdan saylangan senatorlar, aloqador tashkilot korxona va muassasalar rahbarlari, jurnalistlar ishtirok etgan sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovi kampaniyasi boshlanganini eʼlon qilgani va mazkur siyosiy tadbirni oʻtkazish joriy yil 22-dekabr kuniga belgilangani alohida taʼkidlandi.
“Yangi Oʻzbekiston: Yangi saylovlar“ shior asosida oʻtadigan bu yilgi saylovlar yangi qabul qilingan Saylov kodeksi asosida tashkil etilmoqda. Mazkur hujjatda saylovlarni umumeʼtirof etilgan xalqaro mezonlarga muvofiq demokratik, ochiq-oshkora oʻtkazish uchun oʻttizdan ortiq yangi norma va qoida kiritilgan. Shu paytgacha amalda boʻlgan ayrim cheklovlar chiqarib tashlangan.
Viloyatda siyosiy bu jarayonni yuqori saviyada tashkil etish va fuqarolarning oʻz hoxish-irodasini erkin ifoda etishini taʼminlash uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 11 ta, xalq deputatlari viloyat kengashiga saylov oʻtkazuvchi 60 ta, tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi 409 ta saylov okrugi hamda 785 ta uchastka saylov komissiyasi tuziladi.
Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar tavsiya etildi. Xalq deputatlari viloyat kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglari soni hamda xalq deputatlari viloyat kengashiga saylov oʻtkazuvchi viloyat saylov komissiyasini tuzish va uning tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, viloyat hayotiga oid boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.
Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov soʻzga chiqdi.