Surxondaryo viloyati aholisi ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etmoqda.

Viloyatida tashkil etilgan 860 ta saylov uchastkasida 1 million 467 ming 12 saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan. Birinchi marta ovoz berayotganlar 112 ming 900 nafarni tashkil etadi.

Saylovchilarning 20 mingga yaqini 14-20 oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida ishtirok etdi.

Erta tongdan ko‘tarinki kayfiyatda boshlangan muhim siyosiy jarayonda yoshlarning faolligi kuzatilmoqda.

– Termiz shahridagi Shodlik mahallasi hududida tashkil etilgan 260-saylov uchastkasiga kelib, o‘zimning kelajagim, yurtim rivoji uchun ovoz berdim, - deydi Termiz davlat universitetning 1-kurs talabasi Ozoda Ziyodullayeva. – Men tanlagan nomzod mamlakatimizning kelgusi ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishiga ishonaman.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovda yoshlarning faolligi kuzatilmoqda