Fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlar xalq va davlat o‘rtasida ijtimoiy ko‘prik vazifasini bajaradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, demokratik saylovlarni ularning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Joriy yilgi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarida ham ular faollik ko‘rsatmoqda.

Birgina Qashqadaryo viloyati misolida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi va hududdagi 1001 ta uchastka saylov komissiyasi tarkibiga eng faol nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari jalb etilgan bo‘lib, ularning soni 3 ming 520 nafarni yoxud jami a’zolarning 24 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi. Ular orasida 2 ming 158 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, 856 nafar milliy-madaniy markazlar faollari, 159 nafar nogironlik jamiyatlari a’zolari hamda 349 nafar boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari – aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan insonlar bor. Ular nafaqat saylovga tayyorgarlik jarayonlaridagi tashkiliy masalalarda faol, balki aholining, shu jumladan ayollar va yoshlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini, saylov qonunchiligiga oid bilimini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning ham asosiy tashkilotchilari bo‘lmoqda.

Shuningdek, saylov kampaniyasini tashkil etish ishlariga Volontyorlar assotsiatsiyasining a’zolari ham yaqindan yordamlashayapti. Mingdan ziyod volontyor komissiyalar joylashadigan binolarni tanlash va jihozlashni monitoring qilish, saylovchilarning dastlabki ro‘yxatiga uyma-uy yurib aniqlik kiritishda, fuqarolarga saylovlarning ahamiyati haqida tushuntirishlar berish va unda faol ishtirok etishga chaqirishda komissiya a’zolariga ko‘makchi bo‘lmoqda.

Joriy saylovda fuqarolik jamiyati instituti bo‘lgan siyosiy partiyalarning Qashqadaryo viloyatidagi tuman-shahar tashkilotlaridan hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan 6 mingdan ortiq kuzatuvchi va partiyalarning 5 mingdan ziyod vakolatli vakiliga mandat berildi. Ular saylov kodeksiga muvofiq saylov uchastkasida hozir bo‘lish, tayyorgarlik ishlarining borishi, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishi va saylov qutilarining muhrlanishi, fuqarolarning ro‘yxatga olinishi, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish, ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir bo‘lish, saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini so‘rash va olish vakolatlariga ega. 

Ularga uchastkada Saylov kodeksining talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asoslar bo‘lsa, saylov komissiyasiga bu haqda ma’lum qilish vakolati ham berilgani siyosiy jarayonning shaffof o‘tishini ta’minlashga xizmat qilishi, shubhasiz.

Bir so‘z bilan aytganda, Qashqadaryoda saylovga tayyorgarlik va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha jarayonlar fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarining bevosita ishtiroki va nazorati ostida kechmoqda. Bu esa saylovning demokratik tamoyillar asosida va oshkoralik ruhida o‘tishini kafolatlaydi.

Davron Shodmonov,

13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari, 

“Yuksalish” umummilliy harakati hududiy bo‘linmasi rahbari.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylovda NNTlarning faol ishtiroki – shaffoflik kafolati